
Vatan sajdagoh kabi muqaddas...

Yurtimizda vatan himoyachilariga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar kun sayin ortib bormoqda. Buni soha rivojiga qaratilgan e’tibor, tizmda kechayotgan ulkan islohotlar, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun yaratilayotgan beqiyos imkoniyatlar misolida ham ko‘rish mumkin. Bu yil O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganiga 28 yil to‘ldi. Sana munosabati hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni tadbirini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida turli tadbirlar tashkil etildi. Vatanparvarlik oyligiga aylangan ushbu tadbirlar, madaniy-ma’rifiy uchrashuvlar va viloyatda o‘tkazilgan konsert dasturlarida teatrning ustoz san’atkorlari, xonadalari ishtirok etishdi. Tadbirlar asnosida teatr jamoasi tomonidan konsert dasturlari, teatrlashtirilgan tomoshalar va spektakllardan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.



