Asosiy kontentga o‘tish
← Barcha yangiliklar
Yangilik21 ko‘rish

8-Xalqaro Maltepe teatr festivali tantanali ravishda ochildi.

Istanbuldagi Prof. Dr. Türkan Saylan madaniyat markazida “Hayot sahnada” shiori ostida 8-Xalqaro Maltepe teatr festivalining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Mazkur nufuzli sanʼat bayrami teatr olamining taniqli arboblari, yuzlab xalqaro ijodkorlar va minglab teatrsevarlarni bir sahna ostida birlashtirdi.

Bu yilgi festival doirasida Oʻzbekiston, Falastin, Bolgariya, Ispaniya, Fransiya, Italiya, Portugaliya, Ukraina, Kora (Janubiy Koreya), Ruminiya va Qozog’iston kabi dunyoning 30 ga yaqin mamlakatidan kelgan hamda Avrasya Tiyatrolar Birliği (ETA) tarkibiga kiruvchi teatr jamoalari oʻz mahoratlarini namoyish etishadi.

Turkiya va Ruminiya simfonik orkestrlarining mahobatli gala-konserti bilan boshlangan ushbu madaniyat bayrami 31-oktabrgacha davom etadi. Bir oy mobaynida tomoshabinlar eʼtiboriga xalqaro va mahalliy truppalar ijrosidagi 24 ta yirik spektakl, mahorat darslari va turli ijodiy uchrashuvlar bepul taqdim etiladi.