Asosiy kontentga o‘tish
Spektakllar

Harakatdagi repertuar

Hozirda sahnada namoyish etilayotgan asarlar: janri, muallifi, rejissyori va mavzusi.

01
Musiqali komediya

Sen gulsan

Hayitmat Rasul

Sahnalashtirilgan2014 yilRejissyorF.BoltayevDavomiyligi1 soat 10 daqiqa

Har bir faslning o‘z jozibasi tarovati bo‘lgani singari, insonlar ham turli xarakterga ega. Shu ma’noda o‘z taqdirini folga ishonib hal qiladigan, orzu maqsadlarni shunga ko‘ra belgilaydiganlar ham yo‘q emas. Tanganing ikki tomoni bo‘lgani singari ushbu spektaklda folbin Yaxshixonning Erkaboy bilan kelishuviga ko‘ra asar qahramonlaridan biri Suqsurning odam savdosi qurboni bo‘lishiningn oldi olinib, oilasi bilan totuv yashashiga erishiladi. Spektakl voqealari odam savdosini oldini olishga qaratilgan.

02
Romantik drama

Chegarachi

R.Orifjonov A.Ergashev

Sahnalashtirilgan2015 yilRejissyorF.BoltayevDavomiyligi1 soat 18 daqiqa

Yurtimiz tinchligi yo‘lida tunni-tongga ulab xizmat qilayotgan Vatanimizning mard va jasur askarlari faoliyati misolida zamondosh obrazi gavdalantiriladi.

03
Drama

Alisher Navoiy

I.Sulton Uyg‘un

Sahnalashtirilgan2016 yilRejissyorM.RavshanovDavomiyligi1 soat 35 daqiqa

Buyuk mutafakkir, davlat arbobi, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan.

04
Komediya

Xazina

Sh.Mahkamov

Sahnalashtirilgan2016 yilRejissyorF.BoltayevDavomiyligi1 soat 5 daqiqa

Milliy qadriyat va an’analarni asrash, targ‘ib qilish mavzusida.

05
Tarixiy romatik drama

Ziyo qalasi

K.Hamraev

Sahnalashtirilgan2017 yilRejissyorF.BoltayevDavomiyligi1 soat 38 daqiqa

Asardagi voqea X asrning oxirlarida Termiz shahrida bo‘lib o‘tadi. Muhammad Hakim Termiziyning qizi Hurayda binti Hakima va alloma Varroq Termiziyning qizi Ruhayda o‘sha davrda dunyoning turli mintaqalaridan kelgan qizlardan 40 nafarini to‘plab, ularga diniy va dunyoviy ta’limotdan saboq beradi. Asar g‘oyasi ilmu-ma’rifat yo‘lida xizmat qilgan Hurayda va Ruhaydalarning ilmiy va ijodiy faoliyatini targ‘ib qilishga qaratilgan.

06
Musiqali romatik drama

Alpomishning qaytishi

U.Azim

Sahnalashtirilgan2018 yilRejissyorM.RavshanovDavomiyligi1 soat 40 daqiqa

Spektaklda xalqni bir tug‘, bir maqsad sari birlashtirish, el-yurt faravonligi, mehr-muhabbat, chin do‘stlik, yurt ravnaqi yo‘lida xizmat qilish, halol va pok yashash kabi ezgu g‘oyalar ilgari suriladi.

07
Romantik drama

Zamindan olis ketma

Q.Norqobil

Sahnalashtirilgan2018 yilRejissyorA.JumayevDavomiyligi1 soat 15 daqiqa

Spektakl tabiatni asrash va uning nematlaridan oqilona foydalanish mavzusida bo‘lib, spektakldagi voqealar misolida tabiatga yetkazilayotgan zarar, uning ayanchli oqibatlari, yurtboshimizning orol dengizini qutqarish borasidagi xayrli tashabbuslari namoyon etiladi.

08
Musiqali folklor tomosha

Navro‘bek va Bahoroy

X.Xursandov

Sahnalashtirilgan2019 yil 10 martRejissyorM.RavshanovDavomiyligi1 soat

Spektaklda xalqimizning boy an’ana va ijodiy merosi musiqali chiqishlar orqali tarannum etiladi.

09
Tarixiy drama

Adolat fasli

U.Azim

Sahnalashtirilgan2020 yil 5 fevralRejissyorF.BoltayevDavomiyligi1 soat 25 daqiqa

Sohibqiron Amir Temurning o‘g‘li Mironshoh hukmronlik qilgan saltanatda adolat o‘rnatish borasidagi mashvaratiga bag‘ishlanadi.

10
Ertak tomosha

Sehrli uzuk

M.Qodirov

Sahnalashtirilgan2020 yil 26 martRejissyorA.JumayevDavomiyligi1 soat 5 daqiqa

Yaxshilikning yomonlik ustidan g‘alaba qozonishi, halol mehnat qilishga da’vat qilish to‘g‘risida.

11
Drama

Muhabbatim- qismatim mening

X.Xursandov

Sahnalashtirilgan2020 yil 20 iyunRejissyorF.BoltayevDavomiyligi1 soat 10 daqiqa

Oilalarni mustahkamlash, mehr oqibat tuyg‘ularini targ‘ib qilishga qaratilgan.

12
Musiqali drama

Layli va Majnun

Xurshid

Sahnalashtirilgan2020 yil 26 dekabrRejissyorF.Boltayev Sh.PardayevDavomiyligi1 soat 15 daqiqa

Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostonidagi ilohiy muhabbat Layli va Majnun timsolida tarannum etiladi.

13
Drama

Vijdon

F.Bobojonova

Sahnalashtirilgan2020 yil 30 dekabrRejissyorF.Boltayev A.SafarovDavomiyligi1 soat

Tibbiyot xodimlar tomonidan aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishdagi salbiy holatlar va kasbga sadoqat va xiyonat yoritiladi.

14
Grotesk komediya

Bexato otilgan o‘q

Tavfiq al-Hakim

Sahnalashtirilgan2021 yil 14 martRejissyorF.Boltayev A.SafarovDavomiyligi1 soat

Farzand iztirobidagi oilaning umrguzaronligi, er va xotinning bir-biriga bo‘lgan muhabbati, sabrning natijasi namoyon etiladi.

15
Komediya

Andishali kelinchak

E.Xushvaqtov

Sahnalashtirilgan2021 yil 29 martRejissyorF.Boltayev A.JumayevDavomiyligi1 soat 20 daqiqa

Oiladagi qaynona kelin munosabatlari kulgili tarzda ochib beriladi.

16
Musiqali komediya

Nigorimni izlayman

H.Rasul

Sahnalashtirilgan2021 yil 30 avgustRejissyorF.Boltayev A.SafarovDavomiyligi1 soat 10 daqiqa

Spektaklda Baxtiyorning sof muhabbatiga erishish yo‘lidagi mashaqqatlar va uning sevgilisi Dilraboning iztiroblari misolida tarannum etiladi.

17
Drama

Momo yer

Ch.Aytmatov asari (Turob To‘la insenerovkasi)

Sahnalashtirilgan2021 yil 12 dekabrRejissyorF.BoltayevDavomiyligi1 soat 15 daqiqa

Ikkinchi jahon urishining mudhish oqibatlari va tinchlik ne’matini qadrlash g‘oyasi ilgari suriladi.

18
Komediya

Zo‘raki tabib

J.B.Moler

Sahnalashtirilgan2022 yil 29 martRejissyorF.Boltayev Sh.JumayevDavomiyligi1 soat 10 daqiqa

Jan-Batist Poklen (Moler) ning “Zo‘raki tabib” asari komediya janriga xos bo‘lib, asar qahramonlaridan biri, o‘tinchi Sganarelning turmush o‘rtog‘i Martina undan qasd olish maqsadida Sganarelni tabib qilib ko‘rsatadi. Qistov va kaltaklar orqali tatib vazifasiga kirishgan Sganarel bemor Levsinda va Leondrning baxtli hayot qurishiga sababchi bo‘ladi. Ushbu asardagi voqeylik orqali, bugungi kunda ham boylik orttirish ilinjida farzandlarini baxtini qurbon qilayotganlarning hatti-harakatlari kulguli tarzda ochib beriladi.

19
Musiqali komediya

Maysaraning ishi

H.H.Niyoziy

Sahnalashtirilgan2022 yil 31 martRejissyorF.Boltayev A.JumayevDavomiyligi1 soat 5 daqiqa

O‘zbek adabiyotining yetuk namoyondalaridan bir Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Maysaraning ishi” spektakli qahramoni Maysara va uning zukkoligi tomoshabinni befarq qoldirmaydi. Uch parda, to‘rt ko‘rinishli musiqali komediya janrida ushbu asar qahramoni Maysara siymosida oilasi sha’ni, me’rosini himoya qiluvchi aqilli ayol gavdalansa, asar qahramonlaridan biri Mulla do‘st qiyofasida jafokash xalq timsoli namoyon bo‘ladi. Bu ikki obraz ishtirokidagi voqealar rivojida, Haybatillo qozi, Hidoyatxon va Hoji darg‘alarning asl qiyofasi, g‘arazli maqsadlari, yuzaga keladigan kulguli holatlar tomoshabinni mulohaza qilishga chorlaydi. Maysaraning aqlu zakovati Qozi, Hidoyatxon va Hoji Darg‘alarning qopqonga tushishiga sabab bo‘lishini namoyon etadi..

20
Tarixiy drama

To‘maris

Sh.Pardaev

Sahnalashtirilgan2022 yil 15 dekabrRejissyorF.BoltayevDavomiyligi1 soat 15 daqiqa

Tarixda nom qozogan qahramonlarimiz, ularning xalq farovonligi, saltanat himoyasi uchun qilgan ishlari, ko‘rsatgan jasoratlari, avlodlarga g‘ururlanish hissini beradi. Shunday afsonaviy qahramonlardan biri To‘maris hisoblanadi. Ajdodlardan faxrlanish va vatanparvarlikni targ‘ib qiluvchi spektakl.

21
Fojea

Xazon bo‘lgan umrlar

O.Rizayev A.Azizxo‘jaev

Sahnalashtirilgan2023 yil 3 mayRejissyorF.BoltayevDavomiyligi1 soat 10 daqiqa

Diniy oqimlar tuzog‘iga ilinib, qilgan xatolari oqibatida qurbon bo‘lgan Nazirjonning ayanchli qismati haqida. Spektakl Nazirjon taqdiri misolida tomoshabinlar ayniqsa yoshlarni ogohlikka da’vat qiladi.

22
Musiqali drama

Qurshov

U.Azim

Sahnalashtirilgan2023 yil 19 sentabrRejissyorI.AtamirzayevDavomiyligi1 soat 10 daqiqa

Spektakl 2000-yil Sariosiyo tumaning Kishtut dahasida halok bo‘lgan askarlar xotirasiga bag‘ishlangan. (davlat buyurtmasi)

23
Drama

Chorrahadagi odamlar

D.Jo‘raeva

Sahnalashtirilgan2023 yil 14 oktabrRejissyorSh.JumayevDavomiyligi55 daqiqa

Spektaklda bugungi kunning dolzarb mavzularidan biri bo‘lgan onlayn qimorning mudhish oqibatlari ko‘rsatiladi. Onlayn qimorga ruju qo‘ygan Asilbekning yutqazishi, ota-onasining beparvoligi natijasida katta qarzga botib, o‘zi va oilasini xarob qilishi haqida.

24
Boshqa

Uydagi gap ko‘chada..

Q.Norqobil

Sahnalashtirilgan2023 yil 23 dekabrRejissyorF.Boltayev A.JumayevDavomiyligi1 soat 5 daqiqa

Spektaklda dolzarb mavzulardan biri bo‘lgan telefonga ruju qo‘yishning salbiy oqibatlari, millat ma’naviyatini yuksaltirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish g‘oyasi, kulgili voqealar asosida ilgari suriladi.

25
Boshqa

Taxti sulaymon

H.Xonov

Sahnalashtirilgan2023 yil 23 dekabrRejissyorA.Xolmo‘minov Sh.AbdumalikovDavomiyligi1 soat 30 daqiqa

Spektaklda Jaloliddin Manguberdi hayoti, uning Vatan himoyasi yo‘lidagi qahramonligi aks etgan.