Teatr bosh rassomi

Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri bosh rassomi Chorshanbiyev Xayrulla Pardayevich
Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri bosh rasssomi Chorshanbiyev Xayrulla Pardayevich
Mukofotlanmagan.
Umumiy mehnat staji 28 yil.
Ushbu vazifada 2021 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
Maʼlumoti oliy. 2006 yilda K.Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn institutining “Rangtasvir-Teatr bezagi rangtasviri” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Teatrdagi faoliyati davomida sahnalashtirilgan barcha spektakl-larning yuksak g‘oyaviy-badiiy, tomoshabinlar diqqatini jalb etadigan darajada bezatilishi, teatr interyeri, ostona va kirish joylarining shuningdek, jamoa ijodiy muvaffaqiyatlarini aks ettiruvchi reklama va mavzuli ko‘rgazmalar sifatini taʼminlab, yangi spektakllarga ijodiy yondashgan xolda o‘ziga xos yechimga ega dekoratsiya va sahna bezaklari yaratib kelmoqda.
Teatr foyesini bezash, rasmlar, eskiz va maketlarni joylashtirish va nazorat qilish, afisha va programmalarni eskizini yaratish va yozishga maʼsuliyat bilan qaraydi. U bir vaqtning o‘zida libos rassomi vazifasini ham bajarib, sahnalashtirilayotgan spektakllarning mukammal darajada tomoshabinga namoyish etilishi, asar ssenografiyani yuqori darajada aks ettirilishi ta’minlab kelmoqda. Teatrning joriy repertuar dekoratsiyalari va barcha sexlarni nazorat qilib, joriy repertuar afisha va reklamalarini o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlab kelayapti.
X.Chorshanbiyev teatr repertuaridagi spektakllarni yaratishda bosh rassom sifatida o‘zining yuksak mahorati, kuchli bilim-salohiyati bilan o‘z tavsiyalarini berib kelayapti. X.Chorshanbiyev tomonidan sahnalashtirilgan spektakllar o‘zining badiiy yuksakligi bilan ajralib turadi. U yaratgan ssenografiyalar hamisha mutaxassislar va tomoshabinlarning alohida e’tiroflariga sazovor bo‘lgan. U tomonidan Surxondaryo viloyati Qo‘g‘irchoq teatrida sahnalashtirilgan E.Xushvaqtov asari “Zumrad va qimmat”, H.H.Niyayoziy asari “Qo‘g‘irchog‘im o‘ynaydi asli rostni so‘ylaydi”, E.Usmonov asari “Dutor”, A.Yusuf asari “Oysuluv va Oxsuluv” M.Xalilov asari “Uch opa singilar”, R.Farxodiy asari “O‘tkir shoxli buqacha”, O‘zbek xalq ertaklari “Uch og‘ayni botirlar”, R.Allanazarov asari “Dono toshbaqa”, T.Qobilov asari “Tambalning tuzalishi”, A.Yusuf asari “Xayolparastlar”, R.Suponin, R.Sodiqov asari “Badjahil Quyoncha”, R.Maxmudov asari “Ona tandir saxovati”, X.Sattorov asari “Burgut”, O‘.Qilichbekov asari “A saroyini sirlari”, S.Xudoyberdiyev asari “Do‘stlikning buyuk qudrati”, T.Yo‘ldoshev asari “Uyoqqa-buyoqqa”, X.Nizomiddinov asari “Qaldirg‘och”, X.Sattorov asari “Maʼruf va Malika qissasi”, M.Ashurova asari “Obi hayot” shuningdek, Surxondaryo viloyati musiqali drama teatridagi ijodiy faoliyati davomida sahnalashtirgan Ivan Bukofchan asari “Qotil yuragi”, Abdulla Qahhor asari “Ayajonlarim”, T.Zulfiqorov, Sh.Raxmatullayev asari “Shoh va shoir”, T.Qobilov asari “Sehrgar sahovati”, Sh.Xudoynazarova “G‘olib Shahzoda”, X.Xursandov asari “Qirra bobo qissasi”, U.Azim asari “Adolat fasli”, N.Qo‘chqor asari “Zamindan olis ketma”, F.Bobojonova asari “Vijdon”, X.Xursandov asari “Muhabbatim-qismatim mening”, E.Xushvaqtov asari “Andishali kelinchak” Ch.Aytmatov asari “Momo yer”, Sh.Pardayev asari “To‘maris”, O.Rizayev, A.Azizxo‘jayev asari “Xazon bo‘lgan umrlar”, U.Azim asari “Qurshov”, F.Shiller asari “Mark va Muhabbat” kabi spektakllar shular jumlasidandir. X.Xursandov asari “Muhabbatim-qismatim mening”, spektakli 2021 yil o‘tkazilgan “Seni kuylaymiz, zamondosh!” O‘zbekiston teatrlarining VI-Respublika ko‘rik festivalida “Eng yaxshi ssenografiya” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi. Teatr tarixida ilk marotaba qo‘lga kiritilgan bu natija teatrimiz tarixida unutilmas voqea bo‘lib qoldi.
Shuningdek, ushbu spektakl “Rossiyiskiy bereg” Xalqaro sanʼat festivali tashkilotining “IV Mejdunarodniy festival iskusstv “Rossiyiskiy bereg”. Osennyaya feyeriya ONLINE” festivaliga ishtirok etib, festivalning I darajali laureat bo‘lishida ham spektaklni sahnalashtiruvchi rassom X.Chorshanbiyevning alohida xizmatlari bor. “Muhabbatim-qismatim mening” spektakli 2022-yil Rossiya federasiyasining Novosibirsk va Tomsk viloyatlarida hamda Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida namoyish etilib, spektaklni sahnalashtiruvchi rassom ishlari alohida e’tirof etildi.
X.Chorshanbiyev sahna texnikasi va texnologiyasi puxta o‘zlashtirgan o‘z kasbining mohir ustasi. X.Chorshanbiyev Respublika teatr sanʼatida o‘z o‘rniga ega isteʼdodli, serqirra ijodkor. U viloyat va Respublika miqyosida o‘tkazilib kelinayotgan turli ko‘rgazmalarda o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etib kelmoqda. X.Chorshanbiyev 2022-yil oktabr oyida Surxondaryo badiiy ijodkorlar galeriyasida “Bu yerda jonlanar hayot ro‘yosi” nomli shaxsiy ko‘rgazmasini namoyish etdi. Shu yili O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi bo‘ldi. Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining erishib kelayotgan barcha yutuqlarida X.Chorshanbiyevning katta hissasi bor.
