Asosiy kontentga o‘tish
Rahbariyat

Teatr direktori

Teatr direktori

Muxitdinov Otabek Toxirovich

2013-2014 yillar va 2015-2016 yillar Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida oliy toifa solist-vokalist, sozanda, truppa boshlig‘i vazifalarida ishlagan.

2018 yildan boshlab yana ushbu teatrda truppa boshlig‘i vazifasida ish boshlab, keyinchalik tashkilotchilik va boshqaruvchilik qobiliyatlarini inobatga olgan holda istiqbolli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida teatrning tomoshabinlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Otabek Muxitdinov Toxirovich o‘zining mehnatsevarligi, bir so‘zliligi, ishbilarmonligi, talabchanligi, o‘z ishiga ma’suliyat bilan yondoshishi uning jamoa o‘rtasida o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga asos bo‘ldi.

Otabek Muxitdinov Toxirovich 2018 yilda Rossiya davlati Moskva shahrining Maloy Bronoy drama teatrida o‘z kasbiy mahorati va malakasini oshib qaytgan.

Unga berilgan vazifalardan tashqari, teatrda rejissyorlik qobiliyatini ham namoyon etmoqda. Jumladan 2013 yilda yangi yil bayramiga bag‘ishlangan E. Norsafar asari asosida “Koinot haloskorlari” nomli bolalar uchun musiqali fontastik spektakli hamda 2014 yilda R. Muhammadjonovning “Oydin” spektaklini sahnalashtirib muxlislar olqishiga sazovor bo‘lgan iqtidorli yoshlardan hisoblanadi.

Shuningdek 2014 yil so‘ngida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “E'tirof-2014” Respublika ko‘rik tanlovida A. Jumayev bilan hamkorlikda sahnalashtirilgan “Oydin” spektakli “Yilning eng yaxshi spektakli” deb e'tirof etildi.

Otabek Muxitdinov Toxirovich zimmasidagi masʼuliyatni his etadigan, xodimlarga g‘amxo‘r, jamoani o‘z oilasidek jipslik, hamjihatlikda saqlayotgan jonkuyar, har jihatdan o‘rnak bo‘ladigan qobiliyatli rahbar.