Asosiy kontentga o‘tish
Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri

Sahna sehri Surxon ruhida 

1935-yildan beri ona tilimizda, musiqa va she’riyat bilan to‘lib-toshgan spektakllar taqdim etamiz.

Teatr haqida

1935-yildan beri Surxon sahnasida

Termizdagi At-Termiziy ko‘chasida joylashgan teatrimiz o‘zbek va jahon dramaturgiyasi durdonalarini, shuningdek, zamonaviy mualliflar asarlarini sahnalashtirib keladi.

Har bir spektakl — musiqa, so‘z va harakatning uyg‘unligi. Truppamiz yosh va tajribali ijodkorlar bilan boyib bormoqda.

Teatr tarixi
Teatr binosi
0+yillik tarix
0harakatdagi spektakl
0truppa a’zosi
0e’lon qilingan yangilik
Harakatdagi repertuar

Sahnadagi spektakllar

25Spektakl

Taxti sulaymon

H.Xonov

Spektaklda Jaloliddin Manguberdi hayoti, uning Vatan himoyasi yo‘lidagi qahramonligi aks etgan.

1 soat 30 daqiqa
24Spektakl

Uydagi gap ko‘chada..

Q.Norqobil

Spektaklda dolzarb mavzulardan biri bo‘lgan telefonga ruju qo‘yishning salbiy oqibatlari, millat ma’naviyatini yuksaltirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish g‘oyasi, kulgili voqealar asosida ilgari suriladi.

1 soat 5 daqiqa
23drama

Chorrahadagi odamlar

D.Jo‘raeva

Spektaklda bugungi kunning dolzarb mavzularidan biri bo‘lgan onlayn qimorning mudhish oqibatlari ko‘rsatiladi. Onlayn qimorga ruju qo‘ygan Asilbekning yutqazishi, ota-onasining beparvoligi natijasida katta qarzga botib, o‘zi va oilasini xarob qilishi haqida.

55 daqiqa
22Musiqali drama

Qurshov

U.Azim

Spektakl 2000-yil Sariosiyo tumaning Kishtut dahasida halok bo‘lgan askarlar xotirasiga bag‘ishlangan. (davlat buyurtmasi)

1 soat 10 daqiqa
21fojea

Xazon bo‘lgan umrlar

O.Rizayev A.Azizxo‘jaev

Diniy oqimlar tuzog‘iga ilinib, qilgan xatolari oqibatida qurbon bo‘lgan Nazirjonning ayanchli qismati haqida. Spektakl Nazirjon taqdiri misolida tomoshabinlar ayniqsa yoshlarni ogohlikka da’vat qiladi.

1 soat 10 daqiqa
20Tarixiy drama

To‘maris

Sh.Pardaev

Tarixda nom qozogan qahramonlarimiz, ularning xalq farovonligi, saltanat himoyasi uchun qilgan ishlari, ko‘rsatgan jasoratlari, avlodlarga g‘ururlanish hissini beradi. Shunday afsonaviy qahramonlardan biri To‘maris hisoblanadi. Ajdodlardan faxrlanish va vatanparvarlikni targ‘ib qiluvchi spektakl.

1 soat 15 daqiqa
Galereya

Teatr lahzalari

Sizni sahna kutmoqda

Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, At-Termiziy shoh ko‘chasi, 34a uy