Asosiy kontentga o‘tish
← Barcha yangiliklar
Yangilik25 ko‘rish

Bayram sovg‘asi…!

Surxondaryo viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan F.Toyirov, N.Axmedovalar asari asosida “O‘rmondagi yangi yil sarguzashti” musiqali tomoshasi sahnalashtirildi. Ushbu tomoshadan har yilgidan farqli o‘laroq Xo‘ja Nasriddin Afandi obrazining bosh qahramon sifatida ishtirok etishi va uning har bir jumboqli masalalarni aql bilan hal etishi, bolalarni bilimlarini sinash borasidagi savol-javoblari, spektakl davomidagi qiziqarli sarguzasht va mo‘jizalarning yuz berishi bolajonlar bilan bir qatorda ularning ota-onalariga ham manzur bo‘lmoqda. Bolajonlarning sevimli ertak va multfilm qahramonlari, Qorbobo va Qorqiz ishtirok etgan spektaklda Afandi obrazini teatrning mahoratli yosh aktyori A.Safarov mohirona ijro etgan. Spektakl tomoshabinni bilim olish, o‘qish va vatanni, tabiatni sevish, uzaro mehr oqibat rishtalarini mustahkamlash, kitob mutolaa qilishga undovchi ezgu g‘oyaga sug‘orilganligi bilan ham ahamiyatli. Tarbiyaviy ahamiyati katta bo‘lgan mazkur tomosha allaqachon o‘z muxlislarini olqish va e’tiroflariga sazovor bo‘ldi.