Asosiy kontentga o‘tish
← Barcha yangiliklar
Yangilik32 ko‘rish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 5 ta muhim tashabbusi ijrosi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 2019 yil 19 martdagi “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida”gi 12-sonli (6300-xq, 23.03.2019 y.) video selektor majlis bayoni ijrosi xususida.

Ushbu bayonda belgilangan topshiriqlarni Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri amaliyotida qo‘llash va teatr san’atiga qiziqqan yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida teatrning 2019 yil 1 maydagi 19 i/ch-sonli buyrug‘i asosida teatr qoshida ijodiy klublar tashkil etildi va quyidagi teatr xodimlari ijodiy klublarga ma’sul etib tayinlandi.

“Yosh aktyor” – (15 nafar. rahbar: Djumayev Akmal),

“Yosh rassom” – (10 nafar. rahbarlar: Umar Ismoilov va Xayrullo Chorshanbiyev),

“Yosh raqqosa” – (41 nafar. rahbarlar: Shoira Jo‘rayeva va Zamira Niyazova),

“Yosh xonanda” – (10 nafar. rahbar: Kamil Xidirov),

“Yosh operator” – ( 11 nafar. rahbar: Sotibov Saidali),

“Yosh sozanda” – (10 nafar. rahbar: Bozorov Ziyodullo),

“Sahna nutqi va madaniyati” – (8 nafar. rahbar: Toyirov Fayzullo) kabi mazkur klublarga jami 105 nafar yoshlar qamrab olingan.