
TABRIKNOMA!!!
TABRIKNOMA!!!
Bugun Surxondaryo viloyati va Respublika madaniyati va san’ati rivojiga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan, Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri direktori Muyassar Qaraqulovaning tug‘ilgan kuni.
Inson dunyoga kelar ekan, uning hayoti qancha yashagani bilan emas, qanday yashagani bilan o‘lchanadi. Shu ma’noda Muyassar Qaraqulovaning umr yo‘li, kasbiga fidoiyligi, jamoasi yutuqlari, sohasi rivoji uchun qilgan yuksak mehnatlari, insoniy fazilatlari, uzoq yillik tajribasi o‘rnak bo‘larlik jihatlarga boy.
M.Qaraqulova faoliyati davomida Surxon vohasining madaniyati va san’ati rivoji yo‘lida astoyidil mehnat qilib, uning rivoji yo‘lida fidokorona xizmat qilib kelayotgan ma’naviyat targ‘ibotchisi. U faoliyati davomida qaysi kasbda, lavozimda ishlamasin hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelmoqda. Ayni paytda Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida direktor lavozimida ishlab kelayotgan M. Qaraqulova o‘z ishiga mas’uliyatli, xodimlarga nisbatan talabchan va shu bilan birga jamoasidagi barcha xodimlarini o‘zining aziz insonlari deb biladigan, ularning dardu tashvishlariga sherik, malham bo‘ladigan mehribon ona, ajoyib rahbar.
M. Qaraqulova butun umrini Surxon madaniyati va san’ati rivojiga bag‘ishlagan, uning rivoji uchun bor bilimini sarflab kelayotgan, hayoti mazmunini jamoasi yutuqlarida deb bilgan va shu yo’lda samarali mehnat qilib kelayotgan tashabbuskor rahbar. Uning madaniyat va san’at rivoji yo‘lidagi xizmatlarini so‘z bilan ta’riflash mushkul.
M. Qaraqulovaning teatr san’ati rivoji yo‘lidagi xizmatlarining o‘zi uning faoliyatiga baho berish uchun yetarli. Shu rahbar tashabbusi va qo‘llab-quvvatlashi natijasida teatr jamoasi viloyat, respublika va xalqaro miqyosdagi ko‘rik-tanlov, festivallarda katta natijalarga erishib kelmoqda. Keyingi yillarda o‘tkazilayotgan festivallardagi teatr jamoasining yutuqlari bunga yaqqol misol. Viloyat hokimligi, TIV, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining qo‘llab-quvvatlashi natijasida, teatr jamoasi 88 yillik faoliyatida ilk marotaba Rossiya Federasiyasi va Tojikiston Respublikalariga gastrol safari uyushtirdi. Bu tarixiy voqeylik tashabbuskori ham Muyassar Qaraqulova husoblanadi.
Uning tashabbusi bilan teatrning nufuzli festival va gastrollardagi ishtiroki, tarixiy shaxslar hayoti namoyon etilgan spektakllarning video va foto albomlari yaratilib kelinmoqda. Teatrning ijodiy jarayonlari yoritilishi va bu jarayonlardan keng jamoatchilikni voqif etish maqsadida teatrda Matbuot xizmati faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bir so‘z bilan aytganda, jamoada ijodiy muhitni saqlash, ijodiy yutuqlar ko‘lamini kengaytirishda, erishilayotgan yutuqlarda teatr rahbari M. Qaraqulovaning alohida xizmatlari bor…
Uzoq yillik samarali mehnatlari sabab, “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 25 yil”,” O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 30 yil”, “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishonlari, samarali faoliyati va hamkorlikdagi ishlari uchun viloyat hokimligi, Madaniyat va turizm vazirligi va boshqa tashkilotlarning Faxriy yorliq hamda Tashakkurnomalari bilan taqdirlangan, teatr direktori, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi deputati Qaraqulova Muyassar Zafarovna jamoasi va viloyatda katta obro‘, e’tibor qozongan shaxs.
Hurmatli Muyassar Zafarovna!
Sizni bugungi shukrona kuningiz bilan, Sizni hamisha o‘zingiz loyiq bo‘lgan joy ya’ni qalblarida saqlaydigan, ardoqlaydigan va Sizga hamisha hurmatda bo‘lgan Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi hamda Surxondaryo viloyati Madaniyat va turizm boshqarmasi, Boshqarma tasarrufidagi madaniyat va san’at muassasalari xodimlari nomidan samimiy muborabod etamiz!
Sizni jonkuyar va fidoiy rahbar, mehribon, sabrli va matonatli ayol sifatida hamisha hurmat qilamiz!. Madaniyat va san’at rivoji, el-yurt faravonligi yo‘lidagi ishlaringizga muvofaqqiyatlar tilaymiz.
Sizga uzoq umr, mustahkam sog‘lik tilaymiz! Farzandlar, nabiralar kamolini ko‘rib yuring. Armon nimaligi-Sizga armon bo‘lsin!. Hamisha yuzingizdan kulgu, labingizdan tabassum arimasin!.
Hurmat bilan, Siz sevgan va Sizni hurmat qiladigan Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi.



