
Surxondaryo viloyatining 2021 yil faollari taqdirlandi.

Surxondaryo viloyatida 2021 yilda jamiyat hayotida faol ishtirok etib, yoshlarga ibrat bo‘layotgan nuroniylar, ilm-fan, madaniyat, san’at, sport va boshqa sohalarda yuqori natijalarga erishib kelayotgan bir vohadoshlarimizni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Viloyat hokimligi, tashkilot va muassasalar, OAV, madaniyat va spot sohasi xodimlari va keng jamoatchilik vakillari Давлат ва жамоат ташкилотлари ishtirokida Termiz shahridagi “Bolajon” bog‘ida tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi To‘ra Bobolov ham ishtirok etdi. Viloyat hokimi viloyatda amalga oshirilayotgan islohotlardagi faol ishtiroki, kasbiy faolligi va tashabbuskorligi uchun barcha taqdirlanuvchilarga minnadorchilik bildirdi. To‘ra Bobolov taqdirlashga munosib ko‘rilganlarga viloyat hokimligining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Inson mehnatning qadrlanishi kishiga o‘zgacha huzur baxsh etishi asnosida unga yanada ulkan mas’uliyat yuklaydi. Yangi yil arafasida bunday mukofotlarning topshirilishi ham munosib bayram sovg‘asi bo‘ldi. Shu ma’noda taqdirlanganlar orasida Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlarining borligi, teatr jamoasiga bayramona kayfiyat ulashdi. Uzoq yillardan buyon teatrda samarali faoliyat yuritib kelayotgan, o‘nlab shogirdlarni tarbiylagan, viloyatda o‘tkazilib kelinayotgan muhim bayram va tadbirlarni yuqori saviyada o‘tishiga munosib xizmat qilib kelayotgan Sotibov Sayidali Temirqulovich “Eng faol operator”, o‘zining yoqimli ovozi va noyob iste’dodi bilan muxlislar e’tiborini qozonib kelayotgan serqirra ijodkor Haitova Nozigul Paxretdinova” Eng faol qo‘shiqchi” nominatsi boyicha sovrindor bo‘lishdi.
Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi ijodkorlarimizni ushbu yuksak e’tirof bilan muborakbod etadi.



