O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda vatanparvarlik oyligi munosabati bilan joylardagi harbiy qismlarda turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri bugun Denov tumanidagi harbiy qismlardan birida tashkil etildi. “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi obrazlaridan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.