Asosiy kontentga o‘tish
← Barcha yangiliklar
Yangilik30 ko‘rish

“Mahallada duv-duv gap”

Shu kunlarda Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan viloyatning barcha tumanlarida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Targ‘ibot tadbirlarida Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari ham ishtirok etishayapti. Teatr jamoasi joylarda tashkil etilayotgan targ‘ibot tadbirlarida aholi va yoshlar bilan uchrashib, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyati haqida to‘xtalishib, spektakllardan sahna ko‘rinishlari namoyish etishmoqda. Bugun ana shunday uchrashuv Bandixon tumanida tashkil etildi. Uchrashuv asnosida “Xazina” spektakli namoyish etildi.