Asosiy kontentga o‘tish
← Barcha yangiliklar
Yangilik322 ko‘rish

“Momo yer” spektakli Surxondaryo viloyati hokimligi, viloyat tashkilotlari xodimlariga namoyish etildi.

2023-yil 28-yanvar kuni Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan davlat va jamoat arbobi, jahon adabiyotining yetuk namoyondalaridan biri Chingiz Aytmatov qalamiga mansub “Momo yer” spektakli Surxondaryo viloyati hokimligi, viloyat tashkilotlari xodimlariga namoyish etildi.
Spektakl namoyishiga tashrif buyurganlar San’at saroyi kirish zalida tashkil etilgan ko‘rgazma bilan tanishdilar.

Urushning mudhish oqibatlarini namoyon etish orqali, tinchlikni asrash, bugungi dorulomon kunlarga yetishimiz uchun jonlarini qurbon qilgan urush qatnashchilarini qadrlashga da’vat qiluvchi spektakl voqealari tomoshabinlarda katta ta’surot qoldirdi.