
Alpomish va Oybarchin obrazlaridan sahna ko‘rinishlari maktablarda

Surxondaryo viloyati hokimi Qosimov Ulug‘bek Berdiqobilovich viloyatdagi barcha sohalardagi muammolarni o‘rganish, ularni bartaraf etish va oldinda turgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida barcha soha faollari bilan uchrashuvlar o‘tkazib kelmoqda. Shunday uchrashuv Madaniyat va san’at sohasi vakillari bilan ham tashkil etilib, tizimdagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berilgandi. Uchrashuv chog‘ida viloyat hokimi teatrlar jamoasi tomonidan maktabgacha ta’lim va umum ta’lim tizimidagi maktablarda Alpomish dostonida ilgari surilgan mardlik, vatanparvarlik, yurtga, oilaga sadoqat g‘oyalarini keng targ‘ib qilish, yoshlarimizga Alpomish haqida keng tushunchalar berish bo‘yicha topshiriqlar bergandi.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlar Termiz shahridagi maktablarda targ‘ibot tadbirlarini boshladi.
2023-yil 1-fevral kuni Termiz shahridagi 3-26 sonli maktablarda shunday targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Alpomish va Oybarchin obrazlaridan sahna ko‘rinishi namoyish etildi. Teatr solist-vokalisti Karomatulla Farmonov o‘quvchilarga Alpomish dostoni, unda ilgari surilgan g‘oya haqida tushunchalar berdi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.



