Asosiy kontentga o‘tish
← Barcha yangiliklar
Yangilik32 ko‘rish

“Teatr oyligi”

Prezidentimiz tomonidan Madaniyat va san’at sohasi rivojiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Soha rivojiga qaratilgan Prezident qaror va farmonlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlar fikrimizning amaliy ifodasidir. Ana shu e’tibor sabab bugun teatrlarning repetuarida zamonaviy mavzudagi asarlar ko‘payib, tomoshabinlar oqimi sezilarli darajada ko‘paydi. Mahalliy va jahon adabiyotining durdona asarlarini sahnalashtirish orqali teatrlarda tomoshabinni mulohazaga chorlovchi spektakllar repertuardan o‘rin olmoqda.

Teatrga ibratxon sifatida berilgan tarifning o‘zi, bu san’atning tomoshabin ayniqsa, yosh tomoshabinlarga sahnalashtirilayotgan spektakllar va unda ilgari surilgan g‘oya orqali tomoshabin ma’naviyati yuksalishidagi o‘rni va ahamiyatini belgilab beradi. Shu ma’noda boshqa san’at turlaridan farqli o‘laroq tomoshabin bilan jonli muloqotga kirishuvchi sahna san’ati rivojiga alohida e’tibor berilayapdi.

Yoshlar mamlakat kelajagini belgilovchi kuch ekan, ular mamlakatimizning boy tarixi, o‘z qobiliyati bilan dunyo ilm-fani rivojiga hissa qo‘shgan buyuk allomalarimizning ibratli hayoti, boy ma’naviy merosi, o‘z davrida buyuk imperiya yaratgan, vatan himoyasi uchun qahramonlik ko‘rsatgan tarixiy shaxslarimiz hayoti, milliy qadriyat, an’ana va urf odatlarimizni, vatanparvarlik fazilatlarini o‘rganishlari zarur. Bu borada teatr san’atining o‘rni beqiyos. Ayni jihatlar inobatga olingani holda muhtaram yurtboshimiz tomonidan yana bir yangi tashabbusga qo‘l urildi. Gap shundaki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining 2023-yil 22-apreldagi 02-PA 2/1-1027-son hamda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-apreldagi 21/1-884-sonli xatlariga asosan Prezident topshirig‘iga ko‘ra mamlakatimiz bo‘ylab may oyida “Teatr oyligi” e’lon qilindi.

Oylik doirasida ishlab chiqilgan reja-grafik asosida yurtimizdagi barcha teatrilar bir oy davomida talabalar va o‘quvchilarga eng sara spektakllarni namoyish etishadi. Ahamiyatli jihati O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Teatr oyligi” doirasidagi namoyishlar orqali barcha ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va talabalari qamrab olinadi. Spektakllar o‘quvchi va talabalar uchun mutlaqo bepul bo‘lib, oliygoh talabalari uchun namoyish etilgan spektakllar uchun teatrlarga to‘lanadigan 4,3 milliard mablag‘ O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovasiyalar vazirligining oliy ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan to‘lab berilsa, maktab o‘quvchilari uchun namoyish etulga spektakllarga to‘lanishi zarur bo‘lgan 6,8 milliard so‘m mablag‘ mahalla jamoat fondi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi. Bu ham mamlakat rahbarining yoshlarimiz kelajagiga bo‘lgan katta e’tibori mahsulidir.

Quvonarlisi Prezidentimizning ayni e’tibori sabab olis hududlarda ta’lim olayotgan o‘quvchilar ham teatr san’atidan bahramand bo‘lib, teatr san’atiga oshno bo‘lish asnosida yurtboshimizga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishayapti.

“Teatr oyligi” doirasida belgilangan reja-grafik asosida Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari ham viloyat hududlari bo‘ylab gastrol safarlarini tashkil etib kelayapti. Teatr jamoasi tomonida bir vaqtning o‘zida Surxondaryo san’at saroyi davlat muassasasida va voha tumanlarida spektakllar namoyish etilmoqda. Spektaklga tashrif buyurayotgan o‘quvchi va talabalarning fukrlari, ta’surotlari teatrning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari hamda mahallay va respublika ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib kelinayapti.

2023 yil 15 may kuni soat 12:00 da namoyish etilgan Sh. Mahkamov asari “Xazina” spektakli orqali Termiz shahridagi 17-18 sonli maktabning 558 nafar o‘quvchilarga madaniy xizmat ko‘rsatildi. Spetakl namoyishi, mazmun-mohiyati va o‘quvchilarning ta’surotlari mahalliy OAVlari orqali yoritildi.