Asosiy kontentga o‘tish
← Barcha yangiliklar
Yangilik49 ko‘rish

Tabrik!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, yurtimiz taraqqiyoti, xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy hayoti hamda Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz taqdirlandi.
Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri maʼmuriyati tavsiyasiga ko‘ra ushbu esdalik nishoni bilan Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining ustoz sanʼatkori Zulfiya Boqiyeva, aktrisalar Nigora Axmedova, Gavhar Aralova, musiqiy qism mudiri Farxod Egamov, elektr yoritish bo‘limi boshlig‘i Kamoliddin Yodgorov, Rekvizitlar bo‘limi boshlig‘i Komila Babanazarovalar taqdirlandi.

Teatr jamoasi taqdirlangan xodimlarni muborakbod etadi!.

Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri Matbuot xizmati.