
Teatr jamoasi yangi ijodiy mavsumini boshladi.

1935-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri o‘zining 91-ijodiy mavsumini ochdi. Nuroniylar, madaniyat va sanʼat sohasi vakillari, yoshlar, ichki ishlar organlari xodimlari, OAV vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etgan tadbirda tashrif buyuruvchilarni orkestr jamoasining musiqalari va solist-vokalistlarning Vatanni madh etuvchi qo‘shiqlari qarshi oldi.
Dastlab yig‘ilganlarga teatr jamoasining yangi mavsumdagi rejalari, tomoshabinlarga tuhfa etiladigan премyera spektakllari, rejalashtirilgan gastrol safarlari hamda erishilgan yutuqlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Shundan so‘ng Maksim Karimov asari asosida sahnalashtirilgan «Insonlikka nomzod» spektaklining ilk namoyishi — premyerasi bo‘lib o‘tdi.



