Asosiy kontentga o‘tish
← Barcha yangiliklar
Yangilik48 ko‘rish

Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida "Adolat fasli" spektakli namoyish etildi.

Madaniy tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, viloyat hokimligi mas’ullari, hududdagi korxona va tashkilotlar rahbarlari o‘z oila a’zolari bilan ishtirok etishdi. Shuningdek, namoyishni tomosha qilish uchun jamoatchilik faollari, faxriylar, nuroniylar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari tashrif buyurishdi.

Viloyat hokimining tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbir yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Sahna asaridagi chuqur falsafiy va ijtimoiy g‘oyalar tomoshabinlar tomonidan davomiy qarsaklar bilan qarshi olindi.

Davlatimiz rahbari tomonidan madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish borasida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning amaliy ijrosi sifatida, viloyat rahbarining teatr jamoasi bilan uchrashuvi ijodkorlarni yangi marralar sari ruhlantirdi.