Asosiy kontentga o‘tish
← Barcha yangiliklar
Yangilik56 ko‘rish

“Eng yaxshi tarjima sahna asarlari” tanlovining yakuniy bosqichi muhokama qilindi.

Madaniyat vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ularning faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-399-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etilgan “Eng yaxshi tarjima sahna asarlari” tanlovining yakuniy bosqichiga bag‘ishlangan muhokama bo‘lib o‘tdi.

Muhokamada Madaniyat vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ekspertlar kengashi tomonidan tanlovga kelib tushgan, chet tillaridan o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilingan ko‘plab ijodiy ishlar atroflicha va chuqur tahlil qilindi.

Ekspertlar kengashi a’zolari har bir taqdim etilgan asarning:

✅ Badiiy saviyasi va g‘oyaviy mazmuni;
✅ Tilining boyligi va dramaturgik mukammalligi;
✅ Bugungi kun teatrlarining repertuarini boyitishga hamda tomoshabinlar ma’naviyatini yuksaltirishga qay darajada xizmat qila olishini alohida e’tiborga olgan holda qizg‘in muhokama o‘tkazdilar.

“Jahon dramaturgiyasining sara namunalarini o‘zbek tiliga sifatli tarjima qilish masalasi bugungi madaniy jarayonda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bunday tanlovlar nafaqat tarjimonlarning mahoratini oshiradi, balki milliy teatr san’atining boyishiga ham xizmat qiladi. Chunki yaxshi tarjima qilingan sahna asari tomoshabinga asarning ruhini yetkazib bera oladi. Bu esa teatr muxlislarining dunyo adabiyoti va madaniyatiga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytiradi. Kelgusida bunday ijodiy tanlovlar ko‘lamini yanada kengaytirish, g‘olib asarlarni amaliy sahnalashtirish va keng jamoatchilikka taqdim etish teatr san’ati rivojiga katta hissa qo‘shadi" - dedi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov.

Muhokama yakunida, ekspert kengashi a’zolari ko‘rib chiqilgan sahna asarlari bo‘yicha o‘zlarining yakuniy xulosalari va yuqori baholarini berishdi.