
← Barcha yangiliklar
Amir Temur 690 yoshda!
Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Termiz shahrida "Namoyishkorona yurish" o‘tkazildi. Harbiylar, viloyatdagi kuch tuzilmalari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida tashkil etilgan marafonda Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari ham ishtirok etishdi. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, davlat va jamoat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash hamda Prezidentimizning qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda teatr oliy toifa solist-vokalisti Sh. Sattorov Amir Temur siymosini aks ettirdi.



