
← Barcha yangiliklar
Gastrol safari
Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari Termiz tumanida joylashgan harbiy qismlarning birida gastrol safarida bo‘ldi. Dastlab harbiy xizmatchilar uchun Amir Temur siymosidagi chiqishlar namoyish etildi. Shundan so‘ng harbiylar eʼtiboriga havola etilgan Sh. Mahkamov asari asosida sahnalashtirilgan "Xazina" spektakli barcha tomoshabinlarga manzur bo‘ldi. Ochiq maydonda ko‘rsatilgan spektakl, aktyorlarning ijro mahoratlari tomoshabinlar olqish va eʼtiroflariga sazovor bo‘ldi. O‘z navbatida harbiy xizmatchilarning madaniy xordiq chiqarishlari uchun tashkil etilgan madaniy tadbir uchun harbiy qism maʼmuriyati teatr jamoasiga minnatdorchilik bildirishdi.



