Asosiy kontentga o‘tish
← Barcha yangiliklar
Yangilik46 ko‘rish

“Teatr tomoshalari haftaligi” yakuniga yetdi.

Prezidentimizning “Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–399-son qarori hamda YUNESKO huzuridagi IX-kongressida taʼsis etilgan 27-mart “Xalqaro teatr kuni”ni keng nishonlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining topshirig‘i ijrosini ta’minlash, Navro‘z ayyomida aholiga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida an’anaga muvofiq 21-martidan 27-martiga qadar o‘tkazilib kelinayotgan “Teatr tomoshalari haftaligi” yakuniga yetdi. Haftalikning 7-kunida rejissyor Farxod Boltayev, rassom Xayrulla Chorshanbiyevlar tomonidan sahnalashtirilgan Sh. Pardayevning “Imom Termiziy” spektakli IIB xodimlar va aholiga namoyish etildi. Spektaklda 504 nafar tomoshabin qamrab olindi. Spektakl DTV kanali tomonidan teatr Arxivi uchun yozib olindi.