Asosiy kontentga o‘tish
← Barcha yangiliklar
Yangilik43 ko‘rish

Madaniy xizmat.

Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi vohaning Sherobod tumanida gastrol safarida bo‘ldi. "Barqaror hayot" xalqaro ijtimoiy-maʼrifat markazi bilan hamkorlikda tumandagi 41-sonli jazoni ijro etish muassasasida mahkumalarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ularga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida tashkil etilgan tadbirda teatr ijodkorlari tomonidan teatrlashtirilgan konsert dasturi namoyish etildi. Shuningdek, tadbir davomida manzil-koloniyasida tashkil etilgan tadbir ishtirokchilariga bayram sovg‘alari ulashildi.