
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 543 yil to‘ldi.

14 - fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan Termiz davlat muhandislik va agrotenologiyalar universitetida "Bobur merosi - maʼnaviyat va ilhom manbai" shiori ostida shox va shoir tavalludiga bag‘ishlangan maʼnaviy - maʼrifiy kecha tashkil etildi. Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi viloyat hududiy bo‘limi tinglovchilar va talaba yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda so‘z olganlar Zahiriddin Muhammad Boburning o‘zbek mumtoz adabiyoti va davlatchiligida tutgan o‘rni, boy ijodi haqida to‘xtalib o‘tishdi. Mazkur tadbirda Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri direktorining ijodiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Hamza Xonov va boshqa ishtirokchilar tomonidan Bobur g‘azallari va ruboiylaridan naʼmunalar o‘rishdi. Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallarida mumtoz kuy, qo‘shiqlar ijro etildi.



