
← Barcha yangiliklar
Alisher Navoiy 585 yilligi Surxondaryo viloyatida ham keng nishonlandi.

Erta tongdan Termiz shahrida so‘z mulkining sultoni, davlat va jamoat arbobi haykali o‘rnatilgan majmuada Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim muassasalarning professor, o‘qituvchilari, talaba yoshlar, OAV va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri aktyori Mirzoxamdam Fayzullayev Alisher Navoiy siymosida qatnashib, mutafakkir ijodidan naʼmunalar o‘qidi. Tadbir ishtirokchilari Alisher Navoiyning boy maʼnaviy meʼrosi, u yaratgan dostonlarning yoshlarimiz kamolotida tutgan ahamiyati haqida so‘z yuritishdi. Navoiy ijodini yoshlarimiz qalbiga singdirish borasida maʼruzalar qilishib, Navoiy g‘azallaridan o‘qishdi.



