Asosiy kontentga o‘tish
← Barcha yangiliklar
Yangilik23 ko‘rish

Teatr Badiiy kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Badiiy kengash yig‘ilishida fevral oyi ish rejasini tasdiqlash va amalga oshiriladigan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri joriy repertuar rejasiga kiritilgan M.Karimov asari "Insonlikka nomzod" spektaklining libos, dekoratsiyalari ko‘rikdan o‘tkazilib, asarni yangicha yondashuv bilan sahnalashtirish, libos va dekoratsiyalarni yanada takomillashtirish bo‘yicha rejissyor, rassom va ijodiy guruhga tavsiyalar berildi. Masʼullarga har chorakda bittadan teatrlashtirilgan konsert dasturini tayyorlash va joylarda dastur asosida ijro etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, yig‘ilishda H. Rasul asari "Kuyovninig omonati" spektaklining ijodiy guruhi va rollar taqsimoti ko‘rib chiqildi. Yakunda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha topshiriqlar berildi.