Asosiy kontentga o‘tish
← Barcha yangiliklar
Yangilik78 ko‘rish

Teatr gastrol safarida.

Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri ijodiy jamoasi gastrol safarida.

Mamlakatimiz rahbari tomonidan davlatlararo manfaatli munosabatlarni yo‘lga qo‘yish borasida istiqbolli tashabbuslar ilgari surib kelinmoqda. Shunday tashshabbuslar samarasi o‘laroq Tojikiston Respublikasi bilan ham ijtimoy-iqtisodiy, turizm, madaniy yo‘nalishda ikki tomonlama manfaatli aloqalar yo‘lga qo‘yildi. Mamlakatlar o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan madaniy aloqalar ham yangi bosqichga chiqdi. Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri hamda Tojikiston Respublikasining Lohuti nomidagi davlat akademik drama teatri o‘rtasida besh yillik memorandum imzolangandi. Mazkur memorandum doirasida Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahriga gastrolda bo‘lgan Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari tantanali kutib olindi. Ijodiy hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.