Asosiy kontentga o‘tish
← Barcha yangiliklar
Yangilik45 ko‘rish

Yangi spektakl muhokamasi.

Yurtimizda inson, uning qadrni ulug‘lashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Teatr jamoasi tomonidan mahalliy dramaturg X.Xursandov asari asosida sahnalashtirilgan “O‘lding, aziz bo‘lding” spektaklida ham inson qadrini ulug‘lash, farzandlarning ota-onaga nisbatan mehrli bo‘lishlari kabi oliyjanob fazilatlar ilgari surilgan. Spektakl qahramoni Mavlon ota do‘stining janazasiga yakka-yu, yagona o‘g‘li qatnashmaganidan ranjiydi. Mavlon otaning farzandlari ham janazaga kelmay qolishi xovotir uyg‘otadi. Shu bois, farzandlariga o‘limi haqida xabar yubortiradi. Qaltis hazil ortidan boshlangan voqeyliklar asnosida farzandlarning ota-onaga bo‘lgan muhabbati orqali tomoshabin mulohazaga chorlanadi. Rejissor F.Boltayev, rassom B. Allayorovlar tomonidan joriy repertuar rejasiga ko‘ra sahnalashtirilgan spektakl O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi mutaxassislari muhokamasidan o‘tkazilib, tavsiyalar asosida qabul qilindi.