
Teatr ijodkorlari gastrol safarida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qarorining 1.5.-ilovasi, 34-bandi, O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining shu xusudagi topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi Sirdaryo viloyatining Shirin shahriga gastrol safarida bo‘lib turibdi.
Teatr ijodkorlari tomonidan bugun Shirin shaharidagi bolalar musiqa va sanʼat maktabida soat 11:00, 14:30 hamda 16:00 Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tasarrufidagi taʼlim maskanlarining o‘quvchilari hamda aholiga D.Jo‘rayeva asari asosida sahnalashtirilgan "Chorrahadagi odamlar" spektakli namoyish etildi. Gastrol safari davom etmoqda.



