
← Barcha yangiliklar
Spektakl namoyishi.
Surxondaryo viloyati musiqali drama teatriga tashrif buyurgan Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilariga buyuk alloma, islom olaminig yirik namoyandalaridan biri hayotiga bag‘ishlangan "Imom Termiziy" spektakli namoyish etildi. Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligi munosabati bilan sahnalashtirilgan spektakl tomoshabinlarda katta taʼsurot qoldirdi. Spektakl namoyishi o‘quvchilarning Imom Termiziy hayoti haqidagi bilimlari ortishi, ma’naviy dunyoqarashlari yuksalishi, allomaning ilmiy meʼrosi haqida boy tasovvurga ega bo‘lishlarida muhim ahamiyat kasb etdi. 






