Asosiy kontentga o‘tish
← Barcha yangiliklar
Yangilik54 ko‘rish

Imom Termiziy hayoti va ilmiy merosi haqida spektakl sahnalashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida»gi 2024 yil 15 avgustdagi PQ-292-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyat musiqali drama teatrida dramaturg va rejissyor – Shavkat Pardayev tomonidan yozilgan «Imom Termiziy» nomli spektakl sahnalashtirildi. Mazkur asar Imom Termiziyning ibratli hayoti va boy ilmiy merosini aks ettirib, uning islom ilm-fani rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini yosh avlod va keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan. Spektakl Jamoatchilik kengashi tomonidan ma’qullanib, tomoshabinlar uchun namoyish etishga tavsiya etildi. Ushbu sahna asarining taqdimoti Imom Termiziy shaxsiyati va merosining tarixiy ahamiyatini yanada ochib berish, ma’naviy qadriyatlarni targ‘ib etish va milliy madaniyatimizni boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi.