Asosiy kontentga o‘tish
← Barcha yangiliklar
Yangilik45 ko‘rish

TURKSOY Xalqaro Teatr Mukofotlari o‘z egalariga topshirildi

Mukofotlanganlar orasida o‘zbekistonlik teatr sohasi vakili ham bor…

Kuni kecha Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan tantanali mukofotlash marosimida 2024-yilgi TURKSOY Xalqaro Teatr Mukofotlari Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkiya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasidan o‘z sohalarida muvaffaqiyat qozongan teatr san’atkorlariga topshirildi.Mazkur mukofot har yili TURKSOY Bosh kotibligi va “Tiyatro” gazetasi hamkorligida, turk dunyosida teatr sohasida ijod qilayotgan yetakchi san’atkorlarni rag‘batlantirish maqsadida taqdim etiladi.Tantanali marosim “Tiyatro” gazetasi asoschisi Nazif Usluning ochilish nutqi bilan boshlandi. Uslu, marosimning ularning sahnasida o‘tkazilayotganidan mamnun ekanligini bildirib, chet el va Turkiyaning turli shaharlaridan kelgan teatr sohasi vakillarini Istanbulda qabul qilishdan faxrlanishini ta’kidladi.So‘ngra TURKSOY Bosh kotibi Sultan Rayev marosim ishtirokchilarini tashkilot nomidan qutlab, Xalqaro Anadolu Teatr Mukofotlarining 10-marosimida qatnashayotganidan mamnunligini izhor etdi. U TURKSOYning turk dunyosi madaniyat va san’atini rivojlantirishga qaratilgan muhim loyihalari haqida qisqacha ma’lumot berdi. Xususan, Rayev tashkilotning teatr san’atini rivojlantirishdagi sa’y-harakatlari doirasida 2025-yilda: Xalqaro TURKSOY Teatr Festivalining 3-marotabasi Qozog‘istonning Aktau shahrida, Xalqaro Turk Dunyo Talaba Teatr Festivalining 3-marotabasi Olmaota shahrida o‘tkazilishini e’lon qildi.