Asosiy kontentga o‘tish
← Barcha yangiliklar
Yangilik60 ko‘rish

Madaniyat vazirlari o‘rtasida hamkorlik uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Qirg‘iziston Respublikasida bo‘lib, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning qabulida bo‘ldi, shuningdek To‘qto‘g‘ul Satilganov nomidagi Qirg‘iziston milliy filarmoniyasida bo‘lib o‘tgan “Qirg‘iz-o‘zbek do‘stligi” musiqiy kechasida ishtirok etdi.O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Qirg‘iziston Respublikasi madaniyat vaziri Altinbek Maksutov o ‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy hamkorlik do‘stlik rishtalarini mustahkamlashda muhim bo‘g‘in bo‘lib, mushtarak tarix, til, madaniyat va an’analar bilan bog‘langani alohida ta’kidlandi. Xususan, xalqlarimizni ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari birlashtirib turganligi hamda 1992-yilda diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan buyon ikki tomonlama aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilganligi va bu hamkorlikni mustahkamlashda 1994-yil 16-yanvardagi fan, ta’lim, turizm va sport sohasidagi hukumatlararo hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimga muvofiq amalga oshirilayotganligi muhim o‘rin tutayotganligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida Toshkent va Buxoro shaharlarida Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi madaniyat kunlari o‘tkazilib, unda qirg‘iz-o‘zbek do‘stligiga bag‘ishlangan gala-konsert, ko‘rgazmalar, kinofilmlar namoyish etilganligi haqida fikr yuritildi.