
← Barcha yangiliklar
Italiyada “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda
Ayni kunlarda Italiyada “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur madaniy dastur italiyalik tomoshabinlarga o‘zbek san’atining betakror jozibasini his qilish va uning jahon madaniyatidagi ahamiyatini anglash imkonini bermoqda. Madaniy tadbir doirasida Italiyaning turli hududlarida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri simfonik orkestri gala konserti bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.Italiyadagi madaniyati kunlari doirasida O‘zbekiston madaniyat vaziri o'rinbosari Yusufjon Usmonov boshchiligidagi delegatsiya hamda Italiya madaniyat vaziri o‘rinbosari Janmarko Massi o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.







