Asosiy kontentga o‘tish
← Barcha yangiliklar
Yangilik46 ko‘rish

6 ming o‘ringa ega Kreml saroyida “Mendirman o‘sha”, “Omon yor”, “Ko‘k jiguli” va boshqa qo‘shiqlar kuylandi

Kuni kecha 19-noyabr kuni Moskva shahridagi Davlat Kreml saroyida O‘zbekistonning Rossiyadagi madaniyat kunlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yuqori martabali rasmiy, Rossiya va O‘zbekistonning madaniy va ishbilarmonlik doiralari vakillari, diplomatlar va san’at namoyondalari ishtirok etdi. Mazkur madaniy dastur rossiyalik tomoshabinlarga o‘zbek san’atining betakror jozibasini ​​his qilish va uning jahon madaniyatidagi ahamiyatini anglash imkonini berdi. Madaniy tadbir doirasida O‘zbekistondagi muhim voqealar, me’moriy obidalar va zamonaviy o‘zgarishlarga bag‘ishlangan 80 dan ortiq noyob fotosuratlar taqdim etilgan fotoko‘rgazma tashkil etildi. Rossiyadagi O‘zbekiston madaniyati kunlari ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro hamjihatlik va madaniy hamkorlik ramziga aylanadi.