Asosiy kontentga o‘tish
← Barcha yangiliklar
Yangilik46 ko‘rish

15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni

BMT Bosh Assambleyasining 2007-yil 18-dekabrda qabul qilgan "Qishloq hududlarida ayollarning ahvolini yaxshilash" to‘g‘risidagi rezolyusiyasiga asosan 15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni deb e’lon qilingan.

BMT mazkur kunda qishloq hududlarida istiqomat qiluvchi ayollarning muammolariga e’tibor qaratishga, xususan, ularning ta’lim olishi, mehnat qilishi, farovon turmush kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik va tazyiqdan himoyalash, gender tenglikni ta’minlashga chaqiradi.

Bugungi kunda dunyoning ko‘plab davlatlarida mazkur sana Xalqaro qishloq ayollari kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi.