Asosiy kontentga o‘tish
← Barcha yangiliklar
Yangilik57 ko‘rish

Kuni kecha "Renessans" kinochilar uyida Mustaqilligimizning 33 yilligi va S.A.Gerasimov nomidagi BDKU ning 105 yillik yubileyi bo'lib o'tdi.

Tantanali tadbirda madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Avazxon Tadjixanov, Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev hamda BDKU faxriylar jamoasi a'zolari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida filialda yangi ochilgan ijodiy ustaxonalar, festivalga tayyorgarlik jarayonlari va talabalar uchun yaratilgan barcha yangi qulayliklar bilan tanishishdi.

Shuningdek, BDKU Toshkent filiali direktori Iqbol Meliqo'ziyev boshchiligida universitet talabalari o'z chiqishlarini namoyish etishdi.