Asosiy kontentga o‘tish
← Barcha yangiliklar
Yangilik174 ko‘rish

30-iyul kuni “Do'stlik” festivali tadbiri o'tkazildi

30-iyul kuni “Do'stlik” festivali tadbirlari doirasida 50 nafar milliy madaniy markazlar vakillari, do'stlik jamiyatlari va xorijlik hamkorlar, vazirlik va idoralar vakillari “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda Prezidentimizning O'zbekiston xalqiga bayram tabrigini Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov o'qib eshittirdi.

Shuningdek, tadbirda Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo'yicha maslahatchisi Muzaffar Komilov, Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov, madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Avazxon Tadjixanov, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi Rustambek Qurbonov hamda milliy madaniy markazlar, diniy konfessiyalar rahbarlari ishtirok etishdi.