
Ozarbayjonda “O'zbek kinosi kunlari”
Ozarbayjonda “O'zbek kinosi kunlari” tadbirlari doirasida Ozarbayjon Madaniyat vaziri Adil Karimli hamda O'zbekiston Madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Avazxon Tadjixanov o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda ikki davlat o'rtasidagi madaniyat sohasida olib borilgan hamkorlik ishlari e'tirof etilib, kelgusida kino, teatr, ta'lim hamda nomoddiy madaniy meros yo'nalishlarida ham keng qamrovli hamkorlik ishlari samarali bo'lishiga ishonch bildirildi. Bundan tashqari TURKSOY shafeligida suratga olinishi rejalashtirilgan “Mulla Nasriddin” badiiy filmi ssenariysiga o'zgartirish kiritish masalalari muhokama etildi. Shuningdek, "Alisher Navoiy va Fuzuliy" hamda “Maqsud Shayxzoda” badiiy filmlarini hamkorlikda suratga olish istiqbollari ko'rib chiqildi.




