
← Barcha yangiliklar
Madaniyat vaziri o’rinbosari Yusufjon Usmonov xizmat safari bilan Surxondaryo viloyatidagi madaniyat muassasalarini o’rgandi
Kuni kecha Madaniyat vaziri o’rinbosari Yusufjon Usmonov xizmat safari bilan Surxondaryo viloyatidagi madaniyat muassasalarini o’rganayotganligi haqida xabar berilgan edi. Xizmat safarining navbatdagi kunlarida Yusufjon Usmonov Surxondaryoning Termiz, Jarqo’rg’on va Qumqo’rg’on tumanlarini o’rgandi. Vazir o’rinbosari dastlab Termiz tumanidagi 4-sonli “Do’stlik” madaniyat markazini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish bo’yicha tadbirkor bilan uchrashib, loyihalar bilan tanishdi. Shuningdek, Jarqo’rgon tuman 23-son maxsus madaniyat markazida davlat-xususiy sheriklik asosida olib borilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari hamda Qumqo’rg’on tuman 71-son “Mustaqillik”, 75-sonli “Istiqlol” madaniyat markazlari faoliyati, musiqa cholg’u asboblari bilan ta’minlanganligi va binolar holatini o’rgandi. O’rganish yakunlari bo’yicha Yusufjon Usmonov rahbarligida yig’ilish o’tkazilib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga topshiriq va ko’rsatmalar berildi.





