Asosiy kontentga o‘tish
← Barcha yangiliklar
Yangilik50 ko‘rish

Qabul 2024

10-iyul kuni madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Avazxon Tadjixanov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti, O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi hamda O'zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati institutida o'tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni kuzatdi. Kuzatuv jarayonida Avazxon Tadjixanov abituriyentlar va ularning ota-onalariga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi va ular bilan suhbatlashdi. Shuningdek, imtihonlarning shaffof va adolatli o'tkazilishi soha rivoji uchun yetuk va malakali kadrlarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etishi, mazkur jarayon ta'lim sifatini oshirish hamda raqobatbardosh muhit orqali bo'lg'usi talabalarning o'z iste'dodlarini rivojlantirish va yangi cho'qqilarni zabt etishi uchun zamin hozirlashi ta'kidlandi.