Asosiy kontentga o‘tish
← Barcha yangiliklar
Yangilik45 ko‘rish

Teatr jamoasi bolalar oromgohlarida madaniy xizmatda.

Ma'lumki, har yili yozgi ta'til paytida viloyatdagi mavjud oromgohlar bolajonlar bilan gavjum bo‘ladi. Ularning maroqli xordiq chiqarishlarini ta'minlash maqsadida turli ko‘ngil ochar dasturlar, qiziqarli mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Bu yil ham oromgohlarda xordiq chiqarayotgan kelajak vorislarining dam olishlarini mazmunli tashkil etish maqsadida viloyat Madaniyat boshqarmasi tomonidan chora-tadbir ishlab chiqilib, unga ko‘ra oromgohlarda dam oluvchilar uchun madaniy tadbirlar tashkil etib kelinmoqda. Belgilangan rejaga ko‘ra Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri ijodiy jamoasi viloyatning Sherobod tumanida joylashgan "Vandob-Beshbuloq" hamda "Beshbuloq" oromgohlarida bo‘lib, o‘zlarining teatrlashtirilgan konsert dasturi bilan dam oluvchilarni xushnud etishdi.