Asosiy kontentga o‘tish
← Barcha yangiliklar
Yangilik42 ko‘rish

Vazirlik tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari vazirlikda amaliyot mashg‘ulotlariga jalb etildi.

11-iyun kuni madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov boshchiligida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalari va ularning amaliyot rahbarlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda Avazxon Tadjixanov talabalarni o‘z ustida ishlash va tajribalarini oshirish maqsadida amaliyot mashg‘ulotlarini o‘tashlari uchun Madaniyat vazirligi tomonidan shart-sharoitlar yaratib berish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Shuningdek, talabalar bilan o‘zaro fikrlar almashildi va amaliyot o‘tashlari uchun rahbarlar tayillanib, tegishli bo‘limlarga yo‘naltirildi.