Asosiy kontentga o‘tish
← Barcha yangiliklar
Yangilik51 ko‘rish

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov Toshkent shahri aholisi uchun madaniy xizmat ko‘rsatishning uzluksizligini ta’minlash maqsadida, Olmazor tumanida bo‘ldi.

10-iyun kuni madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent shahri aholisi uchun madaniy xizmat ko‘rsatishning uzluksizligini ta’minlash maqsadida, Olmazor tumanida bo‘ldi.

Unda, Moliya vaziri o‘rinbosari Otabek Fozilkarimov, Olmazor tumani hokimi Azizxon Umarxonov hamda tuman faollari bilan uchrashib, madaniy tadbirlarni tashkil etish mexanizmlari va shartlarini muhokama etdi.