
"Talaba-yoshlar ijodiyoti" ko'rik-festivali
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti o'quv teatrida "Talaba-yoshlar ijodiyoti" ko'rik-festivali doirasida musiqali teatr aktyorligi ta'lim yo'nalishi 4-bosqich talabalari tomonidan Nasrullo Qobil asari asosida "To'da" nomli diplom spektakli sahnalashtirildi.
Spektakl voqealarga boyligi va talabalarning aktyorlik qobiliyatini mukammal namoyish eta olganligi bilan olqishlarga sazovor bo'ldi. Tadbir davomida talabalar o'z mahoratlarini namoyish etib, sahnada jonlantirilgan har bir obrazni chuqur his etishdi.
Diplom spektaklini institut professor-o'qituvchilari qatorida O'zbekiston xalq artistlari Mehri Bekjanova va Zuhra Ashurovalar ham baholab borishdi.
Mazkur namoyish nafaqat talabalarning ijodiy qirralarini namoyish etdi, balki tomoshabinlarga unutilmas taassurot ulashdi.





