Asosiy kontentga o‘tish
← Barcha yangiliklar
Yangilik67 ko‘rish

2024 yil 6-iyun kuni Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining bir guruh ijodkorlari Buxoro viloyatida gastrol safarida bo‘ldi.

Teatr jamoasini Buxoro viloyati musiqali drama teatri jamoasi tantanali ravishda kutib olishdi. Teatrlarning ijodiy jamoalari sohaga qaratilayotgan e'tibor, bunday gastrol safarlarining jamoalar orasidagi ijodiy hamfikrlik va hamkorlikni mustahkamlash, respublika aholisini teatrlar ijodidan bahramand etish borasidagi beqiyos ahamiyati to‘g‘risida to‘xtalishib, mazkur imkoniyatlar uchun yurtboshimizga, madaniyat vazirligiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Gastrol doirasida Xoliq Xursandov asari asosida teatr bosh rejissori Farxod Boltayev tomonidan sahnalashtirilgan "Muhabbatim-qismatim mening" spektakli namoyish etildi. Spektakl tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.