
Yulduzli "Madaniyat karvoni" Surxondaryoda
Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va O‘zbekiston davlat filarmoniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Madaniyat karvoni” shaklida gastrol-konsert dasturlari namoyish etiladi.
Konsert dasturlarida taniqli estrada yulduzlari Anvar G‘aniyev, Umid Shaxobov, Sharof Muqimov, Dilfuza Rahimova, Yodgor Mirzajonov, Iroda Iskandarova va “Surxon” guruhi kabi taniqli san’atkorlar jamoasi hamda so‘z ustalari o‘zlarining eng sara ijrolari bilan ishtirok etadi.
Konsert dasturlari:
Sariosiyo tumani Sangardak turizm qishlog‘ida, 7-iyun soat 19:30 da;
Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasi old maydonida, 8-iyun soat 19:30 da bo‘lib o‘tadi.
Konsert dasturlariga kirish mutlaqo bepul.
Barcha vohadoshlarimiz va viloyatimiz mehmonlarini ushbu gala konsert dasturlariga taklif etamiz




