
Madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Avazxon Tadjixanovning Surxondaryo viloyatidagi xizmat safari davom etmoqda
29-may kuni madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Avazxon Tadjixanov Surxondaryo viloyatidagi xizmat safari davomida Surxondaryo viloyat san'at saroyi, musiqali drama teatri, qo'g'irchoq teatri, ko'zi ojizlar maxsus kutubxonasi, Termiz shahridagi 1 va 2-son madaniyat markazlari, ixtisoslashtirilgan san'at maktabi hamda bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyatini o'rgandi.
O'rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berildi.
Shuningdek, Avazxon Tadjixanov xizmat safari davomida sayyor qabul o'tkazdi. Unda madaniyat va san'at sohasi xodimlari bilan bir qatorda jismoniy shaxslarning murojaatlari ham tinglandi.
Vazirning birinchi o'rinbosari har bir murojaatni nazoratga olib, ularning ijrosi bo'yicha mas'ullarga tegishli vazifalarni belgilab berdi. Hukumat darajasida hal qilinadigan masalalar mutasaddi idoralar bilan birgalikda ko'rib chiqilishi bildirildi.





