Asosiy kontentga o‘tish
← Barcha yangiliklar
Yangilik46 ko‘rish

Ayni kunlarda madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov xizmat safari bilan Surxondaryo viloyatida bo’lib turibdi.

Xizmat safari davomida Avazxon Tadjixanov Jarqo’rg’on tumanidagi madaniyat markazi hamda 5-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi, Qumqoʻrgʻon tumanidagi madaniyat markazi hamda 11-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi, Shoʻrchi tumanidagi madaniyat markazi hamda 7-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida bo’lib, tashkilot faoliyatini o’rgandi.

O’rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Vazirning birinchi o’rinbosari Respublika baxshichilik san'atiga ixtisoslashtirilgan maktab internati faoliyati bilan tanishib hisobot konsertida qatnashdi. Hisobot konsert yakunida o’quv yili davomida faol bo’lgan o’quvchi va o’qituvchilar taqdirlandilar.

Shuningdek, O'zbekiston xalq baxshisi Shoberdi Boltayev holidan xabar olindi.