
← Barcha yangiliklar
Diqqat e'lon!!
18–21-iyun kunlari Madaniyat vazirligi "Dirijyor, rejissyor, baletmeystyerlar" respublika ko'rik-tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda bolalar musiqa va san’at maktablari o‘qituvchilari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari, maktab-internatlar, musiqa va san’at kollejlari, oliy ta’lim muassasalarining talabalari, o‘qituvchilari, badiiy va ijodiy jamoalarning ijrochilari ishtirok etishi mumkin.
Hujjatlar 15-iyunga qadar qabul qilinadi.
‼️ Eslatma, tanlovning 1-o‘rin g‘oliblari (oliy ta’lim muassasalari talabalari va o‘qituvchilaridan tashqari) mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat qabul kvotasiga qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi



